icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti va Belgiyaliklar Qiroli bir-birlarini qutladilar

14.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Belgiyaliklar Qiroli Filipp Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagan.

Belgiyaliklar Qirolining qutlovida bunday deyiladi: "2017-yilda Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligini nishonlayotganimiz menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 

O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik turli sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, ikki tomonlama munosabatlarimizning muhim asosi bo‘lgan do‘stona aloqalar va o‘zaro anglashuv izchil mustahkamlanmoqda". 

Belgiya Bosh vaziri Sharl Mishel O‘zbekiston rahbariyatini qutlar ekan, "O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundanoq o‘z suverenitetini mustahkamladi hamda mintaqaning muhim siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega davlatiga aylandi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz samarali hamkorlik qilib kelmoqda, ammo uni yanada diversifikatsiya qilish borasida katta salohiyat mavjud". 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigida "o‘tgan davrda ikki davlat o‘rtasida mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv an’analariga asoslangan ezgu va amaliy munosabatlar o‘rnatilgan"i mamnuniyat bilan qayd etilgan. 
 

Davlatimiz rahbari "O‘zbekiston o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari – siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalar, savdo, investitsiyalar va yuqori texnologiyalarga doir aniq dastur va loyihalar bo‘yicha samarali va o‘zaro foydali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor" ekanini ta’kidlagan.


O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettirilishiga, hamkorlik o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillari asosida yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo