Prezident Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi                        
                    28.12.2019
Shu kunlarda hamma joyda bayram kayfiyati hukmron. Yurtimizda yangi inshootlar, maktablar, korxonalar ishga tushirilayotgani bu shukuhni yanada oshirmoqda.
Navoiy viloyatida ham ulkan sanoat komplekslari qurib bitkazilgan. Davlatimiz rahbari ulardan birining ochilish marosimida ishtirok etadi, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishadi.

                                
                                
