19.12.2019
Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando O‘zbekiston davlat san’at muzeyini rivojlantirish konsepsiyasiga doir takliflarini taqdim etdi.
Ma’lumki, poytaxtimizdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan.
Uchrashuvda me’mor tomonidan Venadagi "Albertina" muzeyi direktori Klaus Shryoder va "Alternativ Velt" kompaniyasi prezidenti Adrian Barsan bilan hamkorlikda tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.
Davlatimiz rahbari ushbu loyihani muzey ishining zamonaviy talablari va me’morchilikdagi ilg‘or yechimlarni hisobga olgan holda tayyorlash yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.