icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya kansleri bir-birlarini qutladilar

13.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkel O‘zbekiston Respublikasi va GFR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llagan.

GFR kanslerining qutlovida bunday deyiladi: “Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25-yil to‘ldi. O‘tgan vaqt davomida o‘zaro hamkorligimiz turli sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Germaniya bilan O‘zbekiston iqtisodiyot, xavfsizlik va madaniyat sohalarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. 

Germaniya Federal hukumati O‘zbekiston Respublikasini parlament vakolatlarini kengaytirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va huquqiy tizimni isloh qilishga qaratilgan 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, mintaqa davlatlari bilan tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida Siz belgilab bergan do‘stona va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni Germaniya qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman. 

Davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston va uning xalqiga tinchlik, erkin va farovon hayot, mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligi yanada kengayishini tilayman». 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlovida bunday deyiladi: «Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam asosga ega bo‘lgan, izchillik va o‘zaro ishonch ruhidagi yaqin hamkorlik eng yuksak e’tirofga loyiqdir. Biz O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan boshlab mustaqil taraqqiyotimiz va suverenitetimizni Germaniya qat’iy qo‘llab-quvvatlab, keng ko‘lamli demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatib kelayotganini yuksak qadrlaymiz». 

Davlatimiz rahbari quyidagilarni alohida ta’kidlagan: "Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar, Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruh, O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlar kengashi, O‘zbekistondagi nemislar masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya kabi institutsional mexanizmlar tashkil etilgan va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, 140 dan ortiq bitimdan iborat keng qamrovli shartnomaviy-huquqiy baza shakllantirilgan". 

Qutlovda gumanitar aloqalar ham faol rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Bugun O‘zbekistonda Gyote instituti, K.Adenauer va F.Ebert nomidagi jamg‘armalar, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar vakolatxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va tomonlarning manfaatlari inobatga olingan prinsiplarga asoslangan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettirish zarur", deb ishonch bildirgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo