O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari bilan uchrashdi
29.11.2019
Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Turkmaniston rahbarining O‘zbekistonda amaliy tashrifi 28-noyabr kuni boshlangan edi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.