icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlatimiz rahbari Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi

10.03.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev buyuk allomalarimizdan biri Bahouddin Naqshband me’moriy majmuini ziyorat qildi.

Eski tuzum davrida bu muqaddas maskan xarob bo‘lib qolgan edi. Istiqlol yillarida milliy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarimizni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1993-yilda Bahouddin Naqshband tavalludining 675-yilligi munosabati bilan mazkur ziyoratgoh ta’mirlandi. Majmuadagi daxmalar, maqbaralar, masjidlar, ayvonlar va madrasaning haqiqiy qiyofasi tiklanib, qutlug‘ qadamjoga aylantirildi. 

Taomilga binoan Bahouddin Naqshbandning ruhi poki haqiga Qur’on tilovat qilindi. 

Prezidentimiz mazkur yodgorlik majmuasini yanada obod maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Bu zaminda ko‘plab allomalar tavallud topgan va yashagan. Ularning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun bu yerda Toshkent islom universitetining maxsus fakultetini tashkil qilish kerak, dedi davlatimiz rabhari.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo