icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning kasalligi va vafoti sabablari to‘g‘risida tibbiy xulosa

02.09.2016

Bemor I.A.Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelindi. 

O‘tkazilgan tekshiruvlar, jumladan, bosh miya komputer tomografiyasi bemorda bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi subaraxnoidal qon quyilish asorati bilan (insult) aniqlandi. Arterial qon bosimi 250/120 mm. simob ustuniga teng. Bemorda yurak faoliyatining to‘xtashi kuzatildi. 20 daqiqa davomida olib borilgan reanimatsion muolajalar natijasida yurak faoliyatini tiklashga erishildi. Bemor miya o‘zagi faoliyati buzilishi oqibatida atonik koma holatiga tushdi va sun’iy nafas olish apparatiga o‘tkazildi.

27-avgustdan 28-avgustga o‘tar kechasi bemor yetakchi xorijiy klinikalarining neyroxirurglari, kardiolog va reanimatologlari – A.N.Bakulev nomidagi Yurak-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi direktori, akademik L.Bokeriya, N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori, akademik A.A.Potapov (Rossiya), Gannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Sami (Germaniya), Kardiotorakal markaz direktori, professor Jilli Dreyfus (Monako), Xeydelberg universiteti klinikasining kardiologiya bo‘limi rahbari, professor Xyugo Katus (Germaniya), Xelsinki universiteti Markaziy gospitalining neyroxirurgiya bo‘limi professori Yuka Xernisniyemi (Finlyandiya) tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan konsilium natijasida keyingi davolash rejasi belgilab olindi.

Bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv o‘tkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi.

O‘tkazilgan intensiv terapiya jarayonida bemorning ichki a’zolari (qon tomir, nafas olish, qon ivish tizimlari, buyrak va jigar) faoliyatining asta-sekin buzilishi – poliorgan yetishmovchiligi kuzatildi.

Yuqorida qayd etilgan to‘liq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari o‘tkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20.15 da yurak faoliyati to‘xtadi.

Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20.55 da biologik o‘lim holati qayd etildi.


Sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
akademigi, tibbiyot fanlari
doktori, professor Sh.Karimov

Tibbiyot fanlari doktori,
professor V.Avakov

Tibbiyot fanlari doktori,
professor B.G‘afurov

Tibbiyot fanlari doktori,
professor G‘.Qoriyev

Tibbiyot fanlari doktori,
professor R.Qurbonov

Tibbiyot fanlari doktori,
professor K.Mahkamov

Tibbiyot fanlari doktori,
shaxsiy shifokor P.Chernish  

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo