icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisini qabul qildi

01.11.2019

1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch, hurmat va qo‘llab-quvvatlash an’analariga asoslangan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Dmitriy Medvedev samimiy qabul hamda mamlakatlarimizning ko‘p qirrali munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratayotgan e’tibori uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, avvalo oliy darajada yo‘lga qo‘yilgan faol munosabatlar va konstruktiv muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilib kelmoqda. 

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va kooperatsion aloqalar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, fan, ta’lim va turizm sohasidagi sheriklik kengaymoqda.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlarning BMT, ShHT, MDH va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashga intilishi ta’kidlab o‘tildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi o‘zaro intilish qat’iy ekani tasdiqlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo