icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Belarus Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

01.11.2019

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida poytaxtimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumasni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, so‘nggi yillarda oliy darajada o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot yo‘lga qo‘yilgani tufayli O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari prinsipial jihatdan yangi darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Sergey Rumas O‘zbekiston Prezidentiga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surishdan, shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Joriy yil avgust oyiga Belarusga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo