icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

17.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari amaliy safarini, an’anaga ko‘ra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi. 

Keyingi yillarda ta’mirlanib, yanada obod va go‘zal majmuaga aylangan ushbu tabarruk maskanda xalqimizga, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duoi xayrlar qilindi. 

Ulamolar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Hakim Termiziyning ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish hamda  yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish haqida so‘z yuritildi. 

Shuningdek, muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda so‘nggi paytlarda milliy urf-odat va qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas dinimizni, aziz avliyolar va ulamolarimizning boy merosini o‘rganish, ularning qadamjolarini obod qilish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, ulug‘ allomalarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Ulug‘ ulamolarning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari, ilmiy markazlar bunyod etildi.

Darhaqiqat, bunday olijanob maqsad va harakatlar mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, odamlarimizda shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini, sog‘lom e’tiqodni kuchaytirish, xalqimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlarning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

Shu yerda davlatimiz rahbari jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, bu borada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo