Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga keldi
14.10.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Boku shahriga keldi.
Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sammitning asosiy tadbirlari 15-oktabrga mo‘ljallangan. Tashrif doirasida Prezidentimiz qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.