icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi

09.10.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib ko‘rdi. 

Davlat rahbari bu zavodning qayta tiklanishi haqida o‘tgan yili 29-iyun kuni Olmazor tumani aholisi bilan muloqot chog‘ida aytgan edi.

1952-yilda ishga tushirilgan mazkur chinni zavodida choynak, piyola, kosa, tarelka, lagan, ko‘za kabi milliy uslubdagi buyumlar, suvenirlar tayyorlangan. «Oq oltin», «Tong», «Uzum», «Tovus» kabi to‘plamlar xalqaro ko‘rgazmalarda oltin medallarga sazovor bo‘lgan, ko‘plab mamlakatlarga eksport qilingan. Ammo keyinchalik xususiylashtirilib, ishlab chiqarish to‘xtab qolgan edi. 

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, zavod faoliyatini qayta tiklash maqsadida “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirildi. Foydalanilmayotgan ob’ekt rekonstruksiya qilinib hamda qo‘shimcha binolar qurilib, Xitoyning “Huanggang Huauao Zhongbo Klin Technology Co. Ltd.” kompaniyasi uskunalari o‘rnatildi. 300 ta ish o‘rni yaratildi.

Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. Yuz foiz mahalliy xomashyodan foydalaniladi. Mahsulotlar import o‘rnini to‘ldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport ham qilinadi.

- Bu zavod O‘zbekistonning faxri, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ilgari respublikamizga mehmon kelsa yoki yurtdoshlarimiz chet elga borsa, shu zavod to‘plamlaridan sovg‘a qilinardi. Endi ushbu yangi korxona undan ham chiroyli, sifatli va qadrli mahsulotlar tayyorlashi kerak.

Mutasaddilar bilan suhbatda zavod faoliyatini kengaytirib, klasterga aylantirish, yanada ko‘p xotin-qizlar va yoshlarni ishga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

- Mamlakatimizda shuncha uylar qurilyapti, odamlarning hayot sifati o‘zgaryapti, - dedi Prezident. - Yangi uyga ko‘chgan har bir oila albatta chinni buyumlar sotib oladi. Yubileylar, festivallarga bag‘ishlangan, sovg‘a uchun to‘plamlar ham chiqarish mumkin. Buning uchun dizayn ustida ishlash, bozor talabini o‘rganib, olimlar va texnologlar bilan hamkorlikda zamonaviy mahsulotlar tayyorlash, yangi brendlar yaratish kerak. Masalan, milliy naqshlarimiz, so‘zanalarimiz bu borada katta manba bo‘la oladi.

Davlatimiz rahbari chinni buyumlar muzeyini ko‘zdan kechirdi. Zavodda ishlagan mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. 

Shu yerda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan sanoat va investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. Prezident eksportni rivojlantirish, tashqi savdo amaliyotlarini yengillashtirish maqsadida Toshkent shahri uchun zamonaviy multimodal logistika markazi tashkil etish taklifini bildirdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo