icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident zamonaviy energiya tejamkor uylar qurilishi bilan tanishdi

09.10.2019

Loyihalar, tashabbuslar izchil amalga oshmoqda. Kechagi rejalar bugun haqiqat.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 29-iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida «Olmazor business city» ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishgan edi. Buning uchun Kichik halqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chasi o‘rtasida qariyb 24 gektar yer ajratilib, joriy yil fevralda qurilish ishlari boshlandi.

Maydon 6 ta lotga bo‘lingan bo‘lib, birinchi va ikkinchi lotlarda savdo markazi, ofislar va ko‘ngilochar maskanlar bunyod etilmoqda. Uch, to‘rt va beshinchi lotlarda 2 ming 100 xonadonga mo‘ljallangan 28 ta ko‘p qavatli uy, oltinchi lotda 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 500 o‘rinli maktab qurilmoqda. Uylarning birinchi qavatidan savdo do‘konlari o‘rin oladi. Xonadonlarda alohida isitish tizimi o‘rnatiladi. Devorlar yetti qatlamdan iboratligi, jumladan bazalt tolasi bilan qoplangani qishda issiq, yozda salqin haroratni yaxshi saqlaydi.

Davlatimiz rahbari 9 oktyabr kuni ushbu majmuaga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilishda qo‘llanilayotgan innovatsion, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e’tibor qaratdi.

- Uylar sonini ko‘paytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Binokorlik ishlarining borishi, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi. Qurilishda mahalliy materiallardan foydalanilayotgani, uylar ham to‘liq yurtimizda ishlab chiqarilgan maishiy texnika va mebellar bilan jihozlanishi ta’kidlandi. 

- Qurish bu birinchi qadam. Asosiysi - malakali ekspluatatsiya. Uylarga, odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muhandislik uskunalaridan samarali foydalanish zarur, - dedi davlatimiz rahbari quruvchi va mutasaddilar bilan suhbatda.

Shu yerda Olmazor tumani faollari bilan ham muloqot bo‘ldi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo