icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi

16.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va OFK o‘rtasidagi samarali sheriklik mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani va izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

O‘zbekiston 1994-yildan buyon konfederatsiya a’zosi hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu tashkilot bilan birgalikda futbolni rivojlantirish, jumladan, hududlarda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish va mavjudini rekonstruksiya qilish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar futbolini taraqqiy ettirish, muhim xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, texnik ko‘mak bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ko‘plab tadbir va dasturlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Konfederatsiya O‘zbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy ta’minot, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda ko‘magini davom ettirishi muhim ekani ta’kidlandi.

OFK prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda ommaviy sportni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan siyosatni, jumladan, futbol rivoji qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak baholadi.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishda qat’iy ekani hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo