icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

03.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. 

Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan. 

Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, mamlakatimizning turli hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya obyektlarini rekonstruksiya qilish, Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yo‘lini elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi. 

Uchrashuvda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Aholi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muqobil energetikani rivojlantirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan ustuvor loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

OTB prezidenti samimiy qabul va o‘zaro sheriklik munosabatlarini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi. 

OTB delegatsiyasining mamlakatimiz vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. 

O‘zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo