icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻyildi

02.09.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoʻydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.

Birinchi Prezidentning qatʼiyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritgan. Islom Karimovni qancha eʼzozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga maʼnaviyat yetkazgan boʻlamiz, deya taʼkilagandi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu marosim ham davlat va jamoatchiligimizning Islom Karimovga hurmati ifodasi boʻldi.

Qurʼon tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashdagi xizmatlari yodga olindi.

Gul qoʻyish marosimida parlament va hukumat aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi. 

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo