icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlatimizning yuksak mukofotlari topshirildi

31.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

31-avgust kuni Ko‘ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Prezidentimiz yig‘ilganlarni, ularning timsolida joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etdi. 
 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotgani va ularning dastlabki natijalari ko‘zga tashlanayotgani ta’kidlandi. 

– Xalq bilan muloqot hech qachon bunday bo‘lmagan. Odamlarni eshitsak, rejamiz to‘g‘ri bo‘ladi. Hamma hududlar va sohalardagi o‘zgarishlar – xalqimiz bilan birgalikda qilayotgan ishlarimiz samarasi, – dedi Prezident.

O‘zbekistonning xalqchil, insonparvar siyosatini dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. Tashqi siyosat ham, ichki siyosat ham keng ko‘lamli muloqot va munosabatlar asosida, uyg‘un holda olib borilmoqda. 

– Biz uchun bittayu bitta to‘g‘ri yo‘l, yagona maqsad millatimiz, xalqimiz, jonajon O‘zbekistonimiz manfaatini yuqori tutishdir. Buning uchun doimo yetti marta o‘lchab, bir marta kesadigan siyosat olib borishimiz kerak. Oldimizda murakkab vazifalar turibdi. Xalqimizga, sizlar kabi mard va shijoatli yurtdoshlarimizga ishonib, marrani katta oldik, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev marosimga yig‘ilganlarni nomma-nom tilga olib, davlat mukofotlari bilan tabrikladi. Ularni Vatanimizning asl farzandlari, vijdoni pok, qalbi uyg‘oq odamlar deb atadi. Samarali faoliyati, halol va fidoyi mehnati, yoshlarga ibrat bo‘layotgani uchun ularga minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklarini izhor etdi. 

Prezidentimiz taqdirlangan yurtdoshlarimiz va xorijlik diplomatlarga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

– Mana shunday mukofot olish va unga munosib bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi. Bugun sizlardagi quvonch, ko‘tarinki kayfiyatdan men o‘zim uchun ham katta kuch, katta quvvat oldim. Barchangizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklayman, – dedi Prezident.

Mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo