icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

31.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi. 

Belarus Prezidenti, o‘z navbatida, iliq qutlov uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbarini va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Tomonlar serqirra O‘zbekiston-Belarus munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roppa-rosa bir oy avval Belarus Respublikasiga amalga oshirgan ilk marotaba rasmiy tashrifining samarali natijalari ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilgani, uni aniq mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo