icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Mirzo Ulug‘bek maktabi - mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi yo‘nalish

30.08.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan ushbu o‘quv dargohi fizika, matematika, informatika va astronomiya fanlariga ixtisoslashgan.

Bu yerda ta’lim jarayoniga Fanlar akademiyasining Astronomiya va Fizika-texnika institutlari xodimlari jalb etilgan. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va seminar-trening tashkil etish maqsadida jalb etiladigan chet ellik pedagoglar uchun mehmonxona, o‘quvchilar uchun yotoqxona qurilgan.

Innovatsion usullarda dars o‘tish maqsadida aerokosmik texnologiyalar xonasi tashkil etilib, zamonaviy VR BOX, HOLOMAX, QBOX uskunalari o‘rnatilgan. Maktab binosining tom qismida o‘rnatilgan teleskopda o‘quvchilar osmon jismlarini kuzatishi mumkin.

Robototexnika, yosh fiziklar, matematiklar, astronom va informatiklar to‘garaklari ham tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari maktabning yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bolalar bilan suhbatlashdi.

 Bu maktabni Mirzo Ulug‘bek nomi bilan tashkil etganimiz bejiz emas. Bundan faxrlanishingiz, buyuk bobomizga munosib bo‘lishingiz kerak. Buning uchun juda katta intilish, qunt, mehnat zarur. Vatanimizga kerakli yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingiz uchun hamma sharoitni yaratib beramiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo