icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti "Jeneral Elektrik" kompaniyasi vitse-prezidentini qabul qildi

01.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral Elektrik" kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollettni qabul qildi.  

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari ishbilarmon doiralarining uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. 

Yaqinda Toshkentda AQShning "Jeneral Elektrik", "SiEnEych Indastrial", "Katerpillar", "Xanivell", "Prokter end Gembl" va boshqa yetakchi kompaniyalari ishtirokida Amerika – O‘zbekiston savdo palatasining biznes-forumi muvaffaqiyatli o‘tdi. 

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekiston korxonalarining iqtisodiyotning turli sohalarida jahondagi yetakchi texnologik kompaniyalardan biri bo‘lgan "Jeneral Elektrik" bilan hamkorligi energetika majmui, fuqaro aviatsiyasi va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab olgan. 

Uchrashuv chog‘ida ushbu kompaniya bilan uzoq muddatli, ayniqsa, yuqori texnologik tarmoqlardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi. Bular elektr energetika, neft va gaz, elektrotexnika sanoati, zamonaviy tibbiy jihozlar ishlab chiqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlardagi yangi dastur va loyihalardan iboratdir. 

Uchrashuvda mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ronald Jeyms Pollett samimiy qabul va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, "Jeneral Elektrik" O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi. 

AQSh kompaniyasi vitse-prezidentining mamlakatimiz vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakunida iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo