
Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda
20.08.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 2019-2022-yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan.
Davlatimiz rahbari hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari, aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.