icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki delegatsiyasini qabul qildi

13.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va OIIB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bank mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida suv ta’minoti va suv oqizish tizimlarini rivojlantirish, avtomobil yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ziyod bo‘lgan ilk investitsiya loyihalarini tayyorlash ishlari yakuniga yetmoqda.

Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlarda ijtimoiy, kommunal va transport infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat korxonalari va kichik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, mintaqaviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining moliyaviy resurslarini jalb qilgan holda yangi dasturlarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan bugungi davra suhbati muvaffaqiyatli bo‘lgani alohida qayd etildi.  

Samarali hamkorlik bo‘yicha o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

OIIB prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizda ustuvor loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish yo‘lida aniq choralar ko‘rish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Szin Litsyun mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyotini ta’minlash maqsadida bank O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlashga qat’iy intilishini ta’kidladi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo
image