11.08.2019
Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda xalqimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev,
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani,
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon,
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
Bahrayn Podshohi Hamad ibn Iso Ol Xalifa,
Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos,
Jazoir muvaqqat Prezidenti Abdulqodir ibn Saloh,
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.