
Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga hamdardlik bildirdi
04.08.2019

4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev El-Paso, Deyton va Chikago shaharlarida ro‘y bergan fojeali voqealarda ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga samimiy hamdardlik bildirdi.