
Prezident Minskka tashrif bilan keldi
31.07.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka keldi.
Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas, tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.