icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samarqandda zamonaviy dam olish maskani barpo etiladi

26.07.2019

Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida turistik markaz qurilishi rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni bu yerga tashrif buyurib, shu boradagi loyiha taklifi bilan tanishdi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa ob’ektlar qurilishi mo‘ljallangan. Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli bo‘lib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sun’iy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.

- Samarqandliklar va bu yerga kelgan yurtdoshlarimiz dam olish uchun qayerga boradi? Hozircha aytarlik bunday joy yo‘q. Chet ellik sayyohlar ham asosan tarixiy obidalarni ko‘rish va ziyorat uchun keladi. Shu bois dam olish turizmi uchun ham sharoit yaratish kerak. Bu maskan ziyorat turizmi bilan hamohang bo‘lishi, xalqimiz, sayyohlar bo‘sh vaqtida bu yerga kelib dam olishi zarur. Bu Samarqand iqtisodiyoti uchun yana bir o‘sish nuqtasi bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Samarqandga kelgan sayyohlar soni joriy yilda o‘tgan yilgiga nisbatan ikki barobar oshgan. Kelgusi ikki yilda bu yerga chet ellik turistlar tashrifini 2, mamlakatimiz bo‘yicha esa 10 millionga yetkazish mo‘ljallangan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo