icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
BAA Bosh vaziri o‘rinbosari bilan telefon orqali muloqot

24.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. 

BAA Bosh vaziri o‘rinbosari birodar Amirliklar xalqi va mamlakat rahbariyati nomidan O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutladi. 

Jumladan, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning dildan tabriklari va ezgu tilaklari yetkazildi.

Suhbatda joriy yil mart oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlari yuksak baholanib, ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarga kuchli sur’at bag‘ishlagani, ularni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Telefon orqali muloqot chog‘ida moliya va innovatsiyalar sohalarida, energetika, neft-gaz va kimyo sanoatida, transport, turizm va ishbilarmonlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Davlatimiz rahbari BAA yetakchi kompaniya va tashkilotlarining ilg‘or tajribasi va bilimlaridan foydalangan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikka doir qo‘shma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo