icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

24.07.2019

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat avvalida Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Prezidentining qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishishdagi shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, tabrik va ezgu tilaklar, shuningdek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining rivojlanishi va mustahkamlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi bir necha karra ortdi, ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, transport va tranzit kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik kengaymoqda.

Hamkorlikning yangi jihati – hududlararo almashinuvlar yo‘lga qo‘yildi. Ishbilarmonlik aloqalari faollashdi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida qardosh xalqlarimiz do‘stligi va yaxshi qo‘shnichiligini mustahkamlashga xizmat qilayotgan birgalikdagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari raisligidagi qo‘shma Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo