icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Gulshan mahallasi bilan tanishdi

25.02.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Gulshan mahallasida fuqarolar yig‘ini xodimlari va profilaktika inspektori birgalikda ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mahallalarning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri bugungi kunda ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, uning vazifa va vakolatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimidagi rolini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Qarshi shahrida ham mahalla fuqarolar yig‘inlarining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ular uchun zamonaviy sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda "Gulshan" mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirilgani buning dalilidir. 

Mahalla idorasining zamonaviy binosida barcha sharoit yaratilgan. Mahalla raisi, kotib, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar ajratilib, komputer, mebel, tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat obyektlariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turish imkoniyatini beruvchi monitor bilan jihozlangan. 

Mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi kerak. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul – hammasini bilishi lozim. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan boxabar bo‘ladigan maskanga aylantirishdir. 

Qarshi shahridagi barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan bog‘lovchi optik tolali tizim barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.  

"Gulshan" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonida profilaktika inspektori oilasi bilan yashashi uchun turar-joy barpo etilgan. Davlatimiz rahbari ushbu xonadonda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Bunday uylar profilaktika nozirlarining kechayu kunduz o‘z hududida bo‘lib, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashida muhim ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz. Shuning uchun Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha profilaktika inspektorlariga mana shunday uylar qurib berish zarur. Bu hududda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo