icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident yangi aeroport qurilishini ko‘rdi

28.06.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi. 

Bu yerda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi tashkil etish bo‘yicha 2017-yil 30-iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi. 

Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar to‘xtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o‘ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo