O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
15.06.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish borasidagi faol sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi.