05.06.2019
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda Prezidentimizga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Mayk Pompeo
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi
Quvayt Davlati Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
O‘mon Sultoni Qobus bin Said
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun
Jibuti Respublikasi Prezidenti Ismoil Umar Gelle
Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining vaqtinchalik davlat rahbari Abdulqodir Bensalah
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.