icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ohangarondagi «Building innovation» yiliga 3 million dollarlik mahsulotni eksport qiladi

01.06.2019

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida Ohangaron tumanida «Building innovation» korxonasi qurib bitkazildi. Germaniya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. 

Korxona yiliga 112 million donadan ziyod pardozbop g‘isht ishlab chiqarish, 3 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Energiya tejaydigan uskunalar qo‘llanilgani, xomashyo tumanning o‘zidan olinishi tufayli mahsulot narxi nisbatan arzon bo‘ladi. 250 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi. 

Korxona mahsulot hajmi va sifati bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilikka da’vogarlik qilmoqda. Keyingi bosqichda keramik bloklar, panellar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 

Prezidentimiz korxona quvvatlari, mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdi. Korxona rahbariga qurilish materiallari turlarini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shu yerda Toshkent viloyatida qurilish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, charmni qayta ishlashga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Rossiyaning «Yevrotsement grup» xoldingi bilan hamkorlikda Ohangaron sement zavodida amalga oshiriladigan loyiha shulardan biri. Qiymati 160 million dollarlik mazkur loyiha yiliga 17 million dollarlik mahsulot ekport qilish, 200 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo