icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

24.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer joriy yil 27-29-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Prezidentlar davlatimiz rahbarining joriy yil 20-22-yanvar kunlari Germaniyaga amalga oshirgan tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotni davom ettirib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni muhokama qiladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekiston va GFR yetakchi kompaniya va banklari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi, qator sanoat va boshqa ob’ektlar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Federal prezident Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Xiva shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo