icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev eski uylarda yashayotgan odamlarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

17.05.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Shahar markazida joylashgan bu mahallada uylar ichma-ich, tartibsiz qurib tashlangan. Muhandislik tarmoqlari yo‘qligi sabab devorlar nurab, sanitariya holati yomonlashib qolgan edi. 

Davlatimiz rahbari bu ahvol bilan bevosita tanishib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bunday sharoit xalqimizga yarashmasligini, mahalla aholisi yangi qurilayotgan zamonaviy uylarga ko‘chirilib, munosib sharoitlar bilan ta’minlanishini ta’kidladi. 

Odamlar xalqning dardini his qilgani, turmush sharoitlarini yaxshilashga e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Shu yerda Andijon shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi. Jumladan, mazkur eski mahalla hududida 9 qavatli 70 ta ta turar joy barpo etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Davlatimiz rahbariga «Andijan sity» ishbilarmonlik shaharchasi qurilish loyihasi haqida ham ma’lumot berildi. Qariyb 70 gektar maydonda bunyod etilishi mo‘ljallangan ushbu shaharcha besh yulduzli mehmonxona, kongress xoll, ofislar, sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar joylar, restoranlar, 7, 9 va 12 qavatli turar joylardan iborat bo‘ladi.

Prezidentimiz bu shaharcha uzoqni o‘ylab, kompleks yondashuv asosida qurilishi, u Andijon uchun namuna, andoza bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shu bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo