icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ajdodlar jasorati - mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai

09.05.2019

Toshkent botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Davlatimiz rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan alohida salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qildi. 

Bog‘da Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi aks ettirilgan. Poyezd va harbiy texnikalar namoyish qilingan.

Ramziy sahnada mashhur o‘zbek generali Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziyaning qahramonligi aks ettirildi. Prezident faxriylar bilan birga uni tomosha qildi.

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bu urushda O‘zbekistondan 1 yarim milliondan ortiq odam qatnashgan. Butun xalqimiz tinimsiz mehnat qilib, jang maydonlariga harbiy texnika va qurol-yaroq, kiyim-kechak, oziq-ovqat yetkazib turgan. Urush hududlaridan ko‘chirib keltirilgan 1 millionga yaqin insonga boshpana berib, o‘z rizqini baham ko‘rgan. 

Xalqimizning fashizm ustidan g‘alaba qozonishga qo‘shgan ulkan hissasi, bag‘rikengligi va mehribonligi hech qachon unutilmaydi.

Bayram tadbirida mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va Qadrlash kuni hamda G‘alabaning 74 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi. 

- Ming-minglab jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ko‘plab xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik ko‘rsatdilar. Bu so‘nmas jasorat, mana, 74 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Keksalarga, mo‘’tabar faxriylarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi.

- Bugungi ozod va erkin hayot uchun, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun biz ularning oldida cheksiz qarzdormiz. Bu aziz insonlarni asrab-avaylash, ularning sog‘-salomat va mazmunli umr kechirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish – hammamizning muqaddas insoniy burchimizdir, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 23-apreldagi «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu e’tibor yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Qarorga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat», «E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch» shiorlari ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Bu ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bayram tadbirida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli, folklor jamoalar, estrada xonandalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

Bunday tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo