O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi
05.05.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetevo" aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayishlarini tiladi.