icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

16.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 2019-yil 18-21-aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq so‘zlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo