icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi

11.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda bo‘lib turgan nufuzli delegatsiyani samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganiga yuksak baho berdi.

Joriy yilning mart oyida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishda yangi bosqichni boshlab bergani qayd etildi.

Tashrif yakunida muhim kelishuvlarga erishildi, jumladan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Ularni to‘liq amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda tegishli “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

Bugungi suhbat davomida davlat tashkilotlari, ilmiy markazlar, yetakchi kompaniya va korxonalar, bank-moliya institutlari darajasida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Birlashgan Arab Amirliklarining davlat boshqaruvi va innovatsion rivojlanish sohasidagi ilg‘or tajribani joriy etishda o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatlarimiz ekspertlari hamkorligida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Vazir samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muhammad al-Qarqoviy O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini bildirdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo