icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Termiz xalqaro aeroportining yangi terminali bilan tanishdi

06.04.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari ushbu nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirdi. 

Keng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu terminal soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Bojxona nazorati, aviatsiya xavfsizligi va bagaj olish joylarida tezkorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Kutish zallari, CIP zonalar, ona va bola xonalari, namozxona, tibbiy punkt va boshqa bo‘limlarda yo‘lovchilarning barcha ehtiyojlari inobatga olingan. Duty Free do‘konlari, bepul Wi-Fi xizmati, chet ellik turistlar uchun viza olish sektori tashkil etilgan.Prezidentimiz terminalda yaratilgan sharoitlarni ma’qullab, endi bundan samarali foydalanish, xalqaro reyslar va chet ellik sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etish loyihasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo