icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy yigiruv korxonasini koʻzdan kechirdi

29.03.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻijduvon tumanidagi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ip yigiruv va toʻquv korxonasini borib koʻrdi.

Qishloq xoʻjaligini diversifakatsiya qilish, xomashyoni yurtimizda qayta ishlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida ushbu korxona qurilishiga zarur sharoit yaratildi. Germaniya, Turkiya, Shveysariya va Yaponiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi. Joriy yil yanvarda ishga tushirilib, 350 ta ish oʻrni yaratildi. Korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega.

Bu loyihaning birinchi bosqichi boʻlib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvati yanada kengaytirilishi, eksport yiliga 51 million dollarga, ish oʻrinlari 1 ming 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Shu yerda Buxoro viloyatida 2019-2020-yillarda sanoat sohasida amalga oshiriladigan, shuningdek, mamlakatimizning Xitoy, Indoneziya va Isroildagi elchixonalari tomonidan taklif etilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Ularga muvofiq, viloyatda paxta, meva-sabzavot, teri, jun va kimyo mahsulotlarini qayta ishlash hajmini koʻpaytirish, sanoat salohiyatini 3 barobar oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Infratuzilmani rivojlantirish, yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi tarmoqlari barpo etish loyihalari ishlab chiqilgan.

Prezidentimiz har bir loyihaning moliyaviy, tashkiliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratib, ular yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo