icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz Termiz shahrida qurilayotgan yangi kutubxona binosi va San’at saroyini borib ko‘rdi

11.02.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va muhtasham San’at saroyi majmuasi qurilishi bilan tanishdi. 

Xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyatini boyitish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor yo‘nalishini tashkil etadi.  

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda dasturilamal bo‘lmoqda. 

Loyiha qiymati 7 milliard 600 million so‘mni tashkil etadigan ushbu zamonaviy axborot-kutubxona markazi 223 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘ladi. Unda maxsus xonalar, mutolaa zallari barpo etilayotir. Uning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari salohiyatini yuksaltirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, izlanuvchan o‘quvchilar va talabalarning ilmiy-ommabop, badiiy, tarixiy, tarbiyaviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 22-maydagi qaroriga muvofiq barpo etilayotgan San’at saroyi milliy me’morlik va zamonaviy arxitektura yechimlarini o‘zida mujassam etadi. Murakkab konstruksiyali, noyob qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilayotgan 700 o‘rinli San’at saroyi va 1,5 ming o‘rinli amfiteatrda pardozlash ishlari olib borilmoqda. 32 gektar maydonni egallaydigan ushbu majmuani Navro‘z bayramiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.  

Davlatimiz rahbari majmua qurilishi bilan tanishar ekan, unda aholining madaniy dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratish, inshootni zamonaviy jihozlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo