icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Vahat al-Karama” yodgorligida boʻldi

25.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi.

Davlatimiz rahbari, taomilga koʻra, dastlab Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi hamda masjidini ziyorat qildi.

Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi Prezidenti boʻlgan. U 2004-yili oʻzi qurdirgan mazkur masjid yonida dafn etilgan. Bugungi kunda ushbu masjid va maqbara mamlakat aholisi uchun tabarruk maskanga, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari tashrif buyuradigan majmuaga aylangan.

Bu masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, qurilish ishlari 1996-yildan 2007-yilgacha davom etgan. Unda bir vaqtning oʻzida 40 ming kishi namoz oʻqishi mumkin.

Majmuaga tashrif asnosida Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon ruhiga Qurʼon tilovat qilindi.

Prezidentimizga masjidning qurilish tarixi, oʻziga xos xususiyatlari, sayyohlar va ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻzlab berildi.

Shavkat Mirziyoyev maqbaraning Ziyoratchilar kitobida dastxat qoldirdi.

Davlatimiz rahbari “Vahat al-Karama” yodgorligiga gulchambar qoʻydi.

“Qadr-qimmat vohasi” maʼnosini anglatuvchi ushbu memorial Birlashgan Arab Amirliklari ozodligi va birdamligi uchun qurbon boʻlganlar sharafiga bunyod etilgan. Yodgorlik bir-biriga tayanib turgan 31 blokdan iborat boʻlib, rahbarlar, harbiylar va fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik va qoʻllab-quvvatlash ramzi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari yodgorlikning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo