Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga keldi
24.03.2019
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.
Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati boʻlib oʻtdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara oʻtkazadi.