
Yangi Zelandiya General-gubernatoriga hamdardlik maktubi
15.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.