Navoiy shahrida viloyat faollari yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda
13.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan faollar yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirok etmoqda. Videoselektor orqali uni Navoiy viloyati shahar va tumanlari jamoatchiligi, mamlakatimizning chet eldagi elchilari kuzatib bormoqda.