
Prezident Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi
12.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy eʼtibor qaratib kelmoqda. 2017- va 2018-yillardagi tashriflar chogʻida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda juda koʻp ishlar amalga oshirildi.
Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy obyektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.