
Shavkat Mirziyoyev Efiopiya Prezidenti va BMT Bosh kotibiga taʼziya bildirdi
11.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-mart kuni Addis-Abeba aeroportidan uchib chiqishda samolyotning qulashi oqibatida ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar, jumladan, BMT tizimining 19 nafar xodimi halok boʻlgani munosabati bilan Efiopiya Prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga samimiy hamdardlik bildirdi.