icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident hamisha Xalq bilan birga!

28.02.2019

Namangan viloyatiga tashrif chogʻida Prezident korteji kutilmaganda Toʻraqoʻrgʻon tumani dehqon bozori yonida toʻxtadi. Davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror qilish, aholi turmush darajasini oshirish yoʻlidagi islohotlar xalq bilan bamaslahat davom ettirilishini taʼkidladi. Jumladan, Namangan viloyatining har bir tumaniga katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriylar, maktablar qurish, ishchi joylar yaratish boʻyicha ulkan loyihalar boshlanganini aytib oʻtdi.

Odamlar Prezidentimiz tashrifidan benihoya xursand boʻlib, islohotlar natijalari har bir sohada sezilayotganini bildirdi. Namangan viloyati, umuman, mamlakatimiz hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etdi.

Taʼkidlash kerakki, xalq bilan muloqot qilish, hamisha xalq bilan birga boʻlish Shavkat Mirziyoyev faoliyatining asosiy mezonidir. Prezidentimiz har bir hududga, jumladan, 2017-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumaniga tashrifi chogʻida ham odamlar bilan muloqot qilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo