Prezident Namanganga joʻnab ketdi
28.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida 28 fevral kuni Namangan viloyatiga joʻnab ketdi.
Tashrif doirasida yangi sanoat korxonalari, energetika va turizm obyektlari bilan tanishish rejalashtirilgan.